AsosiyJamiyat

​Toshkent moliya institutida "Karera kuni" o`tkazildi

'​Toshkent moliya institutida "Karera kuni" o`tkazildi'ning rasmi

Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi tashabbusi bilan barcha OTMlarda bitiruvchilarni ish bilan ta`minlash maqsadida ish beruvchi tashkilotlar bilan hamkorlikda "Karera kuni" mehnat yarmarkalari tashkil etib kelinmoqda.

Bugun ana shunday tadbir Toshkent moliya institutida o`tkazildi. Unda barcha ish beruvchi tashkilotlar vakillari bitiruvchilar uchun mavjud bo`sh ish o`rinlari bilan ishtirok etdi.

Toshkent moliya institutida korxona va tashkilotlarning kadrlarga bo`lgan ehtiyojini o`rganish natijasida "Buyurtmalar portfeli" shakllantirilgan. Unda bitiruvchilar uchun moliya sohasiga aloqador tashkilotlardagi mavjud bo`sh ish o`rinlari haqida ma`lumotlar mavjud.

Institutni bu yilda 1200 nafarga yaqin talaba tamomlayotgan bo`lsa, "Buyurtmalar portfeli"da 1500 dan ortiq kadrga bo`lgan ehtiyoj mavjud.

Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining matbuot xizmati xabariga ko`ra, bu yilgi mehnat yarmarkasida bitiruvchilarning ko`pchiligi tashkilotlar bilan shartnoma imzolab, ish o`rniga ega bo`lishi kutilmoqda.

    Boshqa yangiliklar