1

Samarqand viloyatida besh nafar kishidan iborat jinoiy guruh qo`lga olindi

Jinoyat 18.02.2019, 15:47
Samarqand viloyatida besh nafar kishidan iborat jinoiy guruh qo`lga olindi

Kecha, 17 fevral kuni Samarqand viloyatining Pastdarg`om tumanida yashovchi A.Q. soat 00:30larda boshqaruvidagi “Spark” rusumli avtomashinasi bilan O`tarchi mahallasi hududida ketayotgan vaqtida 5 nafar noma`lum shaxslar uni to`xtatib, tanasining turli joylariga urib-tepib jarohat etkazgan.

So`ng bosqinchilar uni ovloq joyga olib borib, avtomashina salonidan 5 000 AQSh dollari va sariq metalldan yasalgan uzugini olib voqea joyidan yashiringanlar.

Ko`rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Pastdarg`om tumani O`tarchi mahallasida yashovchilar I.U., Z.N. J.X., A.J. va S.S.lar sodir etganliklari aniqlanib, qo`lga olingan.

O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berishicha, holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1