AsosiyJinoyat

Zominda o`zga xonadondan zargarlik buyumlarini o`g`irlagan ayol ushlandi

'Zominda o`zga xonadondan zargarlik buyumlarini o`g`irlagan ayol ushlandi'ning rasmi

Joriy yilning 16 fevral kuni noma`lum shaxs Jizzax viloyatining Zomin tumanida yashovchi X.S.ning uyiga ochiq qolgan darvoza orqali kirib, xonasidan umumiy qiymati 7 300 000 so`mlik zargarlik buyumlarini o`g`irlab ketgan.

Ko`rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Zomin tumani Nurlikent mahallasida yashovchi O.A.(ismli ayol) sodir etganligi aniqlanib, ushlangan.

O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko`ra, holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar