AsosiyJamiyat

Oliy ta`limdagi to`siqlar olib tashlanadi(mi)?

'Oliy ta`limdagi to`siqlar olib tashlanadi(mi)? 'ning rasmi

Sir emaski, bugunga kelib, aksariyat yoshlarimizning xorijda oliy ta`lim olishi odatiy holga aylandi. Xo`sh, ular xorijdagi oliy ta`lim muassasasini tugatib, vatanga qaytgach, chet elda o`qiganlikni tasdiqlovchi diplomi bilan ishga qabul qilinadimi,uninostrifikasiyalash degan murakkab va rasmiyatchiliklarga to`la jarayon xamirdan qil sug`urgandek izn beradimi? Bu kabi savollar barchani birdeko`ylantirib kelayotgani ayni haqiqat.

Gap shundaki, O`zbekiston yoshlar ittifoqi va Ta`lim inspeksiyasi tashabbusi bilan Rossiya Federasiyasi hamda O`zbekiston hukumatlari o`rtasida ta`lim, malaka, va ilmiy darajalarni o`zaro tan olish to`g`risidagi hukumatlararo bitim loyihasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiq uchun kiritilgan. Xorijda ta`lim olganlik to`g`risidagi hujjatlarni nostrifikasiyalash jarayoni va uni soddalashtirish maqsadida yurtimizga Rossiya Federasiyasining xalqaro darajadagi eksperti Vera Skorobogatovaning kelishi kutilmoqda. Ekspert bilan ta`limdagi to`siqlarning olib tashlash, o`zaro hamkorlik va boshqa bir qator masalalar muhokamasiga bag`ishlangan uchrashuv tashkil etiladi. Bunga qiziqishi va xoxishi bo`lgan yoshlarni 20 fevral kuni soat 10:00da Taraqqiyot strategiyasi” markazida kutamiz.

Shu kuni ishtirokchilar xorijiy davlatlarda ta`lim olganlik to`g`risidagi hujjatlarni nostrifikasiyalash bo`yicha savollarga javob oladi.

Sirasini aytganda, oliy ma`lumot olish istagidagi yoshlarimiz salmog`ini keskin oshirish orqali yurtimizga munosib kadrlar etkazib berish, dolzarbligini yo`qotmaydigan masalalardan hisoblanadi.

    Boshqa yangiliklar