AsosiyJamiyat

​Toshkent farmasevtika institutida "Book café" ishga tushdi

'​Toshkent farmasevtika institutida "Book café" ishga tushdi'ning rasmi

Tantanali ochilish marosimida institut rektori I.Alimdjanov, professor-o`qituvchilar, faxriy pedagoglar va talabalar ishtirok etdi.

“Book café” o`zbek va jahon adabiyotining eng sara asarlaridan namunalar, mutaxassislik bo`yicha ilmiy adabiyotlar bilan jihozlangan bo`lib, talabalar bu erda tamaddi qilish bilan birga sevgan kitoblarini mutolaa qilishlari ham mumkin.

Talabalar o`zlari uchun zarur bo`lgan kitoblarni Internet tarmog`i orqali topib, undan foydalanishlari uchun “Book café”da bepul wi-fi internet tarmog`i ham o`rnatilgan.

Institut rektori Ibrohim Alimdjanov “Book café” faoliyati ustidan talabalarning o`zlari tomonidan jamoatchilik nazorati olib borilishi, yoshlarning talab va takliflari asosida maskan faoliyati takomillashtirib borilishini ta`kidladi.

O`z navbatida talaba-yoshlarning yaratilgan imkoniyatdan qay darajada oqilona foydalanishlari ham o`rganilishini ma`lum qildi.

    Boshqa yangiliklar