AsosiyJamiyat

"Spark"ka ortilgan parfyumeriya mahsulotlari to`xtatib qolindi

'"Spark"ka ortilgan parfyumeriya mahsulotlari to`xtatib qolindi'ning rasmi

Farg`ona viloyati bojxonachilari tomonidan sifati kafolatlanmagan va tegishli hujjatlari bo`lmaganmahsulotlarning olib o`tilishiga qarshi chora-tadbirlar davom ettirilmoqda.

Jumladan, viloyat bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan o`tkazilgan navbatdagi tezkor tadbirda “Vodil-Farg`ona” yo`nalishida harakatlanayotgan fuqaro B.O`. boshqaruvida bo`lgan “Spark” rusumli avtomashina Farg`ona shahrida to`xtatilib, xolislar ishtirokida ko`zdan kechirildi.

Natijada, avtomashina salonida xorijda ishlab chiqarilgan, umumiy qiymati 7,7 million so`mlik ayollar parfyumeriya mahsulotlari borligi aniqlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar