Xorazm viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan zargarlik buyumlarining noqonuniy olib kirilishiga doir bojxona qoidabuzarligi fosh qilindi.
Jumladan, "Shovot" chegara bojxona post orqali qo`shni davlatdan kirib kelayotgan fuqaro I.M. bojxona nazoratidan o`tayotganida uning xatti-harakatlari bojxonachilar e`tiborini tortdi.
Shundan so`ng fuqaro belgilangan tartibda nazoratdan o`tkazildi. Natijada, uning qo`l sumkasi ichki qoplamasi (astari)ostiga tikib yashirib qo`yilgan, deklarasiya va bojxona xodimlarining og`zaki so`rovi paytida ma`lum qilinmagan, og`irligi 42,30 gramm bo`lgan 14 dona ayollar kumush taqinchoqlarini olib kirishga uringani fosh bo`ldi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.






