Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universitetiga Taekvondo targ`ib qilish jamg`armasi vakillaridan iborat koreyalik delegasiya tashrif buyurdi. Bu haqda Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirli axborot xizmati xabar berdi.
Uchrashuvda jamg`arma raisi Sang Vuk Li boshchiligidagi delegasiya a`zolari bilan Universitetda yangi tashkil etilgan Taekvondo va sport faoliyati fakultetining moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash, talabalarni Janubiy Koreyaga 1 oylik o`quv kursiga yuborish masalalari muhokama qilindi.
Jamg`arma raisi Sang Vuk Liga O`zbekiston milliy universiteti faxriy doktori unvoni berilgani to`g`risida diplom topshirildi.






