AsosiyJamiyat

Toshkent IIBB 31 kishi SSSR pasporti bilan yashab yurganini aniqlandi

'Toshkent IIBB 31 kishi SSSR pasporti bilan yashab yurganini aniqlandi'ning rasmi

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig`i, general-mayor R. Jo`raev Mirobod tumanida sayyor qabul o`tkazdi. Bu haqda IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

Unda bir oila sobiq SSSR pasportlarini biometrik pasportlarga almashtirib berish haqidagi murojaat bilan chiqadi.

Shunda IIBB Migrasiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasiga tegishli tekshiruv o`tkazish haqida ko`rsatma beriladi.

Ma`lum qilinishicha, o`tgan yilning noyabr oyidan shu kunga qadar uyma-uy yurib, 2036 kishining umuman biometrik pasporti yo`qligi aniqlangan, ulardan 31 nafari esa SSSR pasporti bilan yurgan. 1760 fuqaroga, shu jumladan, 14 nafar SSSR pasporti bilan yurgan shaxslarga yangi pasport qilib berilgan.

Shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi biror bir sabab bilan pasport olmagan shaxslarni tuman migrasiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo`limlariga murojaat qilishga chaqirgan.

    Boshqa yangiliklar