1

Sayyor kassa avtomashinasidan 60 million so`mni o`g`irlaganlar qo`lga olindi

Jinoyat 20.02.2019, 17:14
Sayyor kassa avtomashinasidan 60 million so`mni o`g`irlaganlar qo`lga olindi

Shu yilning 16 fevral kuni Kattaqo`rg`on tumani “Saroyqo`rg`on” mahallasiga tarqatiladigan 1 dona maxsus xaltada joylashtirilgan 60 million so`m pensiya va nafaqa pullari “Damas” rusumli davlat raqami 01 251WEA bo`lgan sayyor kassa avtomashinasidan o`g`irlangan.

Bu haqda AT “Xalq banki” Kattaqo`rg`on tumani Payshanba filialida haydovchi bo`lib ishlovchi fuqaro T.J. Kattaqo`rg`on shahar IIBga o`z arizasida ma`lum qilgan, deb yozmoqda O`zA.

Arizada qayd etilishicha bank xodimlari X.Sh., I.A., S.E. hamda Kattaqo`rg`on shahar IIB tumanlararo qo`riqlash bo`limi xodimi B.G`.lar sayyor kassa avtomashinasida “Saroyqo`rg`on”, “Yangiqo`rg`oncha” va “Melixo`ja” mahallalariga peniya va nafaqa pullarini tarqatish uchun yo`lga chiqishgan. Avtomashinada 3 dona maxsus xaltalarga solingan 116 million so`m pul bo`lgan. Kattaqo`rg`on shahar “Bahoriston” mahallasi A.Navoiy ko`chasiga kelishgan vaqtda qo`riqlash bo`limi xodimi G`.B. avtomashinadan tushib qolgan, qolganlar ham ovqatlanish uchun shu erda joylashgan “Lavash” nomli oshxonaga kirishgan. Ovqatlanib bo`lgach, Kattaqo`rg`on tumani “Saroyqo`rg`on” mahallasi binosiga kelishgan hamda 1 dona maxsus xaltada joylashtirilgan 60 million so`m pensiya va nafaqa pullari o`g`irlab ketilganligini sezishgan.

Kattaqo`rg`on shahar IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida, ushbu o`g`irlik jinoyatini Sirdaryo viloyatida yashovchi bir guruh fuqarolar F.S., I.B. va T.O`. sodir etganligi aniqlangan. Fuqaro F.S va I.B. ushlangan va har biridan 15 million so`mdan pullar ashyoviy dalil sifatida olingan. F.S. boshqaruvida bo`lgan “Neksiya” rusumli davlat raqami 20 S980SA bo`lgan avtomashina jarima maydonchasiga joylashtirilgan. Gumon qilinuvchi T.O`.ni ushlash choralari ko`rilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1