1

Qo`shrabotda qarindoshining avtomashinasini olib qochgan shaxs uchun qo`lga olindi

Jinoyat 20.02.2019, 21:38
Qo`shrabotda qarindoshining avtomashinasini olib qochgan shaxs uchun qo`lga olindi

Kecha, 19 fevral kuni Samarqand viloyatining Qo`shrabot tumanida yashovchi V.J. IIBga murojaat qilib, shu yil 17 fevral kuni o`zining “Neksiya” rusumli avtomashinasini “Afsona” nomli do`kon oldiga haydab kelib, o`zi do`konga kirib ketgan vaqtida avtomashinada bo`lgan qarindoshi, muqaddam sudlangan A.I. avtomashinani uning ruxsatisiz haydab ketganligini ma`lum qilgan.

Ko`rilgan choralar natijasida 19 fevral kuni A.I. avtomashinani Payariq tumani Ingichka qishlog`i hududida boshqarib yurgan vaqtida qo`lga olingan.

O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berishicha, mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1