1

Toshkentda III xalqaro gidlar forumi o`tkazilmoqda

Jamiyat 21.02.2019, 15:40
Toshkentda III xalqaro gidlar forumi o`tkazilmoqda

21 fevral – Butunjahon ekskursovodlar kuni munosabati bilan Toshkentda III xalqaro gidlar forumi o`z ishini boshladi.

“Buyuk ipak yo`li: chegarasiz hamkorlik” nomi ostida o`tayotgan forumda mamlakatimizning turli hududlaridan kelgan gidlar, turoperatorlar, muzeyshunoslar va turizm sohasi bo`yicha boshqa mutaxassislar, xalqaro ekspertlar ishtirok etmoqda.

Forumning ochilishida O`zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi raisi vazifasini bajaruvchisi Abdulaziz Oqqulov O`zbekiston Respublikasi gidlar uyushmasi tashkil etilganini aytib o`tdi.

– Gidlar uyushmasini tashkil etish masalasi 10 yildan ziyod vaqt davomida o`rtaga tashlanib kelinayotgan edi va nihoyat Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi, “Turizm o`quv konsalting markazi” davlat unitar korxonasi va mamlakatimiz gidlarining birgalikdagi sa`y–harakatlari bilan loyiha amalga oshdi, – dedi A.Oqqulov.

A. Oqqulovning qayd etishicha, gidlar uyushmasi O`zbekiston turizm bozori ishtirokchilarini o`zida birlashtirib, uning asosiy vazifalaridan biri mamlakatimizda sayyohlik sohasida gidlik faoliyati uchun samarali bo`lgan ijtimoiy iqtisodiy shart-sharoitlar yaratish hisoblanadi.

Ayni vaqtda Forum doirasida “Buyuk ipak yo`li: chegarasiz hamkorlik” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o`z ishini davom ettirmoqda.

O`zA xabariga ko`ra, forum ikki kun davom etadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1