1

Qorovulbozor tumanidagi yangi masjidga tamal toshi qo`yildi

Jamiyat 21.02.2019, 15:53
Qorovulbozor tumanidagi  yangi masjidga tamal toshi qo`yildi

O`zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov xalqaro forumda ishtirok etish uchun bugun, 21 fevral kuni erta tongda Buxoro shahriga etib keldi.

"Buxoro viloyati Qorovulbozor tumanidagi yangi jome masjidga yirik muhaddis Abdulloh ibn Muborak nomi berildi. Jome masjid poydevoriga birinchi tamal toshini muftiy hazratlari yaxshi tilak va xayrli duolari ila qo`yib berdilar", - deyilgan O`MI matbuot xizmati xabarida.

Marosimda ulamolar, mahalla faollari va mo`ysafid otaxonlar ham ishtirok etdi.

Shuningdek, ulamolar, nuroniylar va ezgu niyatda yig`ilgan qalbi pok insonlar ham birin-ketin poydevorga g`isht quydilar.

Eslatib o`tamiz, 21–23 fevral kunlari Buxoro shahrida “I Xalqaro ziyorat turizmi forumi” o`tkazilishi haqida xabar bergan edik. Anjumanda o`nlab davlatlardan olimlar, ulamolar, turizm sohasi sarmoyadorlari, xalqaro tashkilotlarning vakillari ishtirok etmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1