1

Buxorodagi yong`inda 3 yoshli qizaloq halok bo`ldi

Jamiyat 21.02.2019, 16:05
Buxorodagi yong`inda 3 yoshli qizaloq halok bo`ldi

Joriy yilning 20 fevral kuni Buxoro shahrining Sheyxon ko`chasida yashovchi Sh.B. uyida yong`in sodir bo`lgan.

Ko`rilgan choralar natijasida yong`in uy egalari tomonidan o`chirilgan. Oqibatda Sh.B.ning birga yashagan 3 yashar qizi kuyish jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan va ko`rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan.

O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berishicha, yong`in, nazoratsiz qoldirilgan qizaloqning gugurt o`ynaganligi oqibatida kelib chiqqanligi aniqlangan.

Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1