AsosiyJamiyat

Usmonxon Alimov: Safar "kashf etmoq, ko`rsatmoq" demakdir

'Usmonxon Alimov: Safar "kashf etmoq, ko`rsatmoq" demakdir'ning rasmi

Buxoro shahrida bo`lib o`tayotgan I Xalqaro ziyorat turizmi forumining ochilishida O`zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov so`zga chiqdi.

U o`z ma`ruzasida safar va ziyoratlarning inson sog`lig`i, ruhiy tetikligi hamda ma`naviy olamiga ta`siriga e`tibor qaratdi, deb yozmoqda "Xalq so`zi" nashri.

— Arab tilidagi safar so`zining yana bir ma`nosi ham “kashf etmoq, ko`rsatmoq”dir, — deydi u. — Hazrati Payg`ambarimiz sallollohu alayhi vassalam bir hadisi shariflarida “Safar qilinglar, sog`lom va rizqu nasibali bo`lasizlar”, deb marhamat etganlar.

Ma`lumki, safar qilishda sog`liq hamda ruhiy tetiklik uchun ko`p manfaatlar bor. Chunki safar tabiatan harakatga bog`liq bo`ladi va tabarruk joylar ziyorati kishiga ruhiy quvvat bag`ishlaydi.

Muftiy hazratlarining ta`kidlashicha, safarning foydali jihati uning nima maqsadda ekaniga bog`liq. Bunga jahonga mashhur hadis ilmining sultoni Imom Buxoriy bobomizning hayotlari yorqin misol bo`la oladi. Zero, ulug` muhaddis bobomiz umrining ayni navqiron davrlarini xorijda ilm talabida safarda o`tkazganlar. Jahon kezib, ilm olgan bobomizning ilmiy meroslari hozirgi paytgacha butun dunyoga ziyo taratmoqda.

    Boshqa yangiliklar