1

Kosonsoyda IIB xodimiga pora taklif qilgan shaxs qo`lga olindi

Jinoyat 22.02.2019, 12:00
Kosonsoyda IIB xodimiga pora taklif qilgan shaxs qo`lga olindi

2019 yil 19 fevral kuni Namangan viloyatining Kosonsoy tumanida xizmat olib borayotgan ichki ishlar organlari xodimi o`z boshlig`iga murojaat qilib, unda Bomraxa mahallasida yashovchi A.B.ga nisbatan tergovga qadar tekshiruv harakatlarini olib borayotgan vaqtida A.B. xodimga ishni ijobiy xal qilib berishni so`rab, evaziga 400 AQSh dollari taklif qilayotganligini ma`lum qilgan.

Ushbu bildirgi yuzasidan 19 fevral kuni Namangan viloyati ichki ishlar va prokuratura organlari xodimlari hamkorligida o`tkazilgan tadbir natijasida A.B. xodimga xizmat xonasida 400 AQSh dollarini berayotgan vaqtida qo`lga olingan.

O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berishicha, holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1