Samarqandlik tajribali xattot Jamil Ergashev bundan uch yil oldin "Sadqai joriya"ga qo`l urgan edi. Ya`ni Qur`oni Karimni Samarqand qog`oziga yozishga kirishgan edi. Bugungi kunda qadar ushbu muqaddas kitobning 25 besh porasi bitib bo`lindi. Hunarmand qolgan 5 porasini Mustaqillik bayramigacha yozib tugatishni niyat qilgan.
— Bugungi kunda butun dunyoda Qur`oni Karim nash xatida yoziladi, - deydi xattot. — Biz hajman nisbatan katta va murakkab bo`lgan suls xatida yozyapmiz. Sababi, Qur`oni Karim nusxasining kattaligi yurtimizda saqlanayotgan Usmon Mushafi bilan bir xil bo`ladi. Uning bir sahifasini yozishga o`rtacha 3-4 kun vaqt kerak bo`lyapti.
"Xalq so`zi" nashri xabariga ko`ra, ushbu Qur`oni Karimning yozib bo`lingan qismi Buxoroda bo`lib o`tayotgan I Xalqaro ziyorat turizmi forumida nufuzli tadbir ishtirokchilari e`tiboriga havola etildi.






