AsosiyJinoyat

Samarqand viloyati​da o`qishga kiritib qo`yishni va`da qilgan firibgar ushlandi

'Samarqand viloyati​da o`qishga kiritib qo`yishni va`da qilgan firibgar ushlandi'ning rasmi

Samarqand viloyati Pastdarg`om tumani Guliston mahallasida yashovchi, 1995 yilda tug`ilgan fuqaro A.I. mahalladoshi fuqaro D.M.ni aldab, uning o`g`li Sh.R.ni Samarqand davlat universitetining jismoniy madaniyat fakultetiga o`qishga kiritishni va`da qiladi.

Bu “ko`mak“ uchun “xojatbaror“ fuqaro D.M.dan 2018 yilning iyun, iyul oylarida 2 ming 700 AQSh dollari va 13 million 200 ming so`m pullarini olgan. Biroq kelishilganidek va`da bajarilmagan. Sh.R. o`qishga kiritilmagan, pullar ham qaytarilmagan, deb xabar bermoqda Samarqand viloyati hokimligi axborot xizmati.

Shundan so`ng, joriy yilning 19 fevral kuni fuqaro D.M. Pastdarg`om tumani ichki ishlar bo`limiga murojaat qiladi. Mazkur holat yuzasidan tuman IIB huzuridagi tergov bo`limi tomonidan A.I.ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi.

    Boshqa yangiliklar