Rossiya Federasiyasining Chelyabinsk madaniyat instituti ikki nafar iqtidorli talabasi amaliyot o`tash uchun O`zbekiston davlat san`at va madaniyat institutiga tashrif buyurishdi.
Mehmon talabalar Elvira Sharipova va Darya Chuxnina amaliyot davrida institutda yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishadi, o`quv jarayonlarida ishtirok etadi va o`zbekistonlik tengdoshlari bilan muloqotda bo`lishadi.
Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi bergan xabarga ko`ra, mehmonlarning tashrifi 10 martga qadar davom etishi rejalashtirilgan.






