AsosiyJamiyat

Qashqadaryo viloyatida "Tramadol" bo`lgan yuk avtomashinasini to`xtatildi

'Qashqadaryo viloyatida "Tramadol" bo`lgan yuk avtomashinasini to`xtatildi'ning rasmi

Davlat xavfsizlik xizmati Qashqadaryo viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbir jarayonida «Toshkent—Denov» yo`nalishida harakatlanib kelayotgan Alisher Rahmonov boshqaruvidagi Isuzu rusumli yuk avtomashinasi Chiroqchi tumanidagi «Umakay» postida to`xtatildi. Bu haqda O`zA xabar berdi.

Avtomashina ko`zdan kechirilganda, uning salonida 30 ming dona «Tramadol» tabletkasi borligi aniqlandi. Ma`lum bo`lishicha, ushbu giyohvandlik vositasini fuqaro Bekzod Karimov Toshkent shahri, Chilonzor tumanida joylashgan «Ko`hinur" to`yxonasi oldida E`zoza ismli ayoldan 34,5 million so`mga sotib olishga kelishib, shundan 15 million so`mini beradi va yukni Alisher Rahmonovga topshiradi. Haydovchi Alisher Rahmonov esa uni Surxondaryo viloyatiga etkazib berishi kerak bo`ladi.

Chiroqchi tumani hududida Jamoliddin Xursandov boshqaruvidagi yuk avtomobili tekshirib ko`rilganda, uning yukxonasida ham 30 ming dona «Tramadol» borligi ma`lum bo`ldi. Aniqlanishicha, mazkur giyohvandlik vositalarini Toshkent shahrida tug`ilgan Qobil Po`latov ismli shaxs Surxondaryo viloyati, Denov shahrida tug`ilgan Olimjon Xursanovga 57 million so`mga sotgan. Shundan so`ng u ushbu vositalarni Adham Jo`raqulovga beradi. Adham esa ularni yuk sumkasiga joylashtirib, Surxondaryo viloyatiga ketayotgan haydovchi Jamoliddin Xursandovga topshiradi va Denov tumanida akasi Akram Jo`raqo`lov olishini aytadi.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga asosan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar