AsosiyJamiyat

Oltin va kumush medallar bitiruvchilar uchun oliy o`quv yurtiga kirish imtiyozini beradimi?

'Oltin va kumush medallar bitiruvchilar uchun oliy o`quv yurtiga kirish imtiyozini beradimi?'ning rasmi

Xalq ta`limi vazirligi tomonidan “Umumiy o`rta ta`lim muassasalari va akademik liseylarning iqtidorli bitiruvchilarini oltin va kumush medallar bilan taqdirlash tartibi to`g`risida”gi nizom tasdiqlangan edi.

Vazirlikning saytida keltirilishicha, yuqorida keltirib o`tilgan Nizomda oltin va kumush medallar bilan taqdirlangan o`quvchilarga oliy o`quv yurtiga kirish uchun turli imtiyozlar berilishi ko`zda tutilmagan.

"Oltin va kumush medallar a`lo baholarda o`qigan o`quvchilarga berilishini inobatga olsak, kirish imtihonlarida imtiyozli ballar berilmaydi.

Ushbu mukofot bilan taqdirlashdan ko`zlangan maqsad esa o`quvchilarni ta`lim olishga bo`lgan qiziqishlarini yanada oshirish, ular o`rtasida sog`lom raqobatni shakllantirish, korrupsion holatlarni oldini olish va iqtidorli o`quvchilar bilimini rag`batlantirishdan iboratdir", - deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar