Davlat bojxona qo`mitasi Bojxona institutiga 2019/2020 o`quv yili uchun abiturientlar tanlovi davom etmoqda.
Abiturientlardan arizalar qabul qilish joriy 2019 yilning 1 fevralidan 1 apreliga qadar davom etadi.
O`qishga topshiruvchi nomzodlarga qo`yiladigan asosiy talablar:
- o`rta va o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi ma`lumotiga ega bo`lgan;
- harbiy xizmatni o`tamagan 17 yoshdan 21 yoshgacha (qabul yilida 17 yoshga to`ladiganlar) bo`lgan;
- o`g`il bolalarning bo`yi 165 sm dan (qiz bolalar uchun 160 sm) past bo`lmasligi lozim.