Forum ishtirokchilari Samarqanddagi tarixiy obidalar va qadamjolarni tomosha qilmoqda. Ular Shohizinda va Registonda bo`lishdi, deb yozmoqda O`zA.
Mohit Ali, (Indoneziya):
– Registon mening 52 yillik sayohatlarim orasida eng ajoyibi deb hisoblayman. Bu erdagi muhtashamlik, islom obidalarining go`zalligi meni lol qoldirdi.
Registon maydonini kurib, uning bebaholigi, cheksizligini tushundim. Bu obidalarni birin-ketin ko`rilganini aytishdi. Bu nafaqat O`zbekistonning, balki butun islom dunyosining tarixiy boyligidir.
Balki sizlar uchun bunday ko`rkam inshoot odatiy, oddiy ko`rinar. Ammo biz bunday go`zallikni ko`rib lol qoldik.






