Andijon viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo`limi viloyat IIB xodimlari bilan hamkorlikda tarkibida giyohvand moddalar mavjud bo`lgan tabletkalar savdosiga qarshi tezkor tadbir bo`lib o`tdi.
Unda fuqaro D.K. shartli xaridorga Andijon shahrida 700 ming so`m evaziga 20 dona “Tramadol” va 22 dona “GERICA” nomli dori vositalarini sotayotgan vaqtida to`xtatib qolindi. Fuqaroning qo`l sumkasi belgilangan tartibda ko`zdan kechirilganida ushbu sumkada ham 372 dona sifati kafolatlanmagan dori darmonlar borligi aniqlandi.
Shundan so`ng fuqaro D.K. o`zining yonida bo`lgan 9 dona “Tramadol”tabletkalarini o`z ixtiyori bilan topshirdi.
Olingan ashyoviy dalillarning umumiy qiymati 31,2 million so`mni tashkil qildi.
Fuqaro K.D.ga nisbatan Jinoyat Kodeksining 273-moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi.






