Toshkent shahar bojxona boshqarmasi “Keles” temir yo`l chegara bojxona posti xodimlari tomonidan sifati kafolatlanmagan oziq ovqat tovarlarini yashirin tarzda olib kirishga urinish o`z vaqtida to`xtatib qolindi.
“Ufa-Toshkent” yo`nalishida kirib kelgan poezd yo`lovchilarining qo`l yuklari belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o`tkazildi. Natijada, fuqaro M.A. salkam 180 dona bolalar bo`tqasi, shirinliklar, sharbatlar hamda go`sht qiymalagichlarnibojxona nazoratidan yashirib olib kelayotganligi aniqlandi. Dastlabki hisob kitoblarga ko`ra, ushbu tovar-moddiy boyliklarning umumiy qiymati 10,8million so`mni tashkil etdi.
Ayni paytda mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.






