1

Toshkentda avtomobil o`g`risi qo`lga olindi

Jamiyat 24.02.2019, 18:50
Toshkentda avtomobil o`g`risi qo`lga olindi

Kecha, 23 fevral kuni soat 14:50da ichki ishlab bo`limiga Salavat N, ismli fuqaro murojaat qilib, Olmazor tumanida Farobiy ko`chasida kimdir uning avtomobilini o`g`irlab ketganini xabar qilgan. Bu haqda IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

Shahar IIB hamda Milliy gvardiya xodimlari tomonidan ko`rilgan tezkor choralar natijasida, Toshkent shahrining Mirzo Ulug`bek tumani hududida "Kobalt" rusumli avtomobil to`xtatilgan va uning haydovchisi qo`lga olingan.

Ma`lum bo`lishicha, ayol kafeda o`tirgan paytda 26 yoshli farg`onalik Baxtiyor K. Salavat N.ning cho`ntagidan avtomashina kalitini o`g`irlagan.

Ushbu ish yuzasida O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267 moddasi 1 bo`limi (avtotransport vositasini o`g`irlash) bandi bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1