1

Samarqandda ofisiant qiz oshxona egalarining uyidan 120 mln so`mlik tilla buyumlar o`g`irladi

Jinoyat 24.02.2019, 18:54
Samarqandda ofisiant qiz oshxona egalarining uyidan 120 mln so`mlik tilla buyumlar o`g`irladi

Samarqanddagi Sartepa maskanida o`z uyida oshxona tashkil etgan kishilarning ishonchiga kirgan asli qashqadaryolik Mohira (ismi o`zgartirilgan) ismli ofisiant qiz bemalol ularning xonadoniga ham kirib yuravergan, deya xabar beradi "Zarnews".

U oshxona egasi bekasining xonasiga kirib, avvaliga uning to`rtta uzugini o`g`irlagan. Voqeadan hech kim xabar topmaganidan foydalanib, qulay fursat kelganda boshqa taqinchoqlarni ham asta-sekinlik bilan o`mara boshlagan.

Mohira ularni sotib, uyiga televizor, o`ziga qimmatbaho buyumlar xarid qilgan. Atrofdagilarga esa moddiy ahvolidagi bu o`zgarishlarni bir yigit bilan tanishgani, u badavlat bo`lgani tufayli unga sovg`alar berayotgani bilan izohlagan.

U bir oy davomida bu uydan o`g`irlagan tilla buyumlarining jami summasi pul hisobida 120 million so`mni tashkil etgan. Qiz bu buyumlarni zargarga bor-yo`g`i 20 million so`mga pullagan.

Ayni paytda ushbu jinoiy ish yuzasidan tergov harakatlari davom etmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1