Rossiya Federasiyasining Sankt-Peterburg bo`yicha tergov qo`mitasi 12 yoshli bolaning o`limi yuzasidan tekshiruv olib bormoqda. Taxminlarga ko`ra, bola o`zini derazadan tashlagan, deb xabar bermoqda TASS.
Bola huquqlari bo`yicha Sankt-Peterburg vakili saytida qayd etilishicha, mazkur voqea 10 noyabr kuni tongda sodir bo`lgan. Shu kuni bola o`qishga ketgan, biroq maktabga kelmagan. «Keyinroq aniqlanishicha, u o`zi yashaydigan uyning 11-qavatiga ko`tarilgan. Biroz vaqtni shu erda o`tkazgach, derazadan sakragan», — deyiladi xabarda.
Bolalar ombudsmanining so`zlariga ko`ra, o`smir farovon oilada ulg`aygan. Maktabda ham yaxshi o`qigan. Biroq 6-sinfga kelib, uning darslarni o`zlashtirish darajasi keskin pasayib ketgan.
Hozirda halok bo`lgan bolaning ota-onasi bilan ijtimoiy xizmatlar ish olib bormoqda.





