1

Yosh bojxonachilar va ularning ota-onalari bilan suhbat o`tkazildi

Jamiyat 25.02.2019, 09:56
Yosh bojxonachilar va ularning ota-onalari bilan suhbat o`tkazildi

Davlat bojxona qo`mitasida tashkil etilgan suhbat avvalida qo`mitasi raisi M. Azimov O`zbekiston Respublikasi Prezidentining bojxona xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirishga qaratilgan farmon va qarorlarining mazmun-mohiyati, bojxona tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati to`g`risida ma`lumot berdi.

Bojxona sohasida xizmat qilishning eng asosiy mezoni, halollik va poklik, Vatanga va o`z burchiga sadoqat, adolatli bo`lish va qonunlarga og`ishmay amal qilish ekanligi ta`kidlandi.

Shundan so`ng yosh xodimlarning ota-onalari bilan suhbat o`tkazilib,bojxona tizimida xizmat qilishning mas`uliyat hamda unda yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishtirildi. Xususan davlatimiz tomonidan bojxona organlarida xizmatni olib borayotgan xodimlarning ijtimoiy muhofazasi yo`lga qo`yilganligi, boshqa viloyatdan kelib xizmat olib boradigan bojxonachilar xizmat uylari bilan ta`minlanishi to`g`risida ma`lumot berildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1