1

Termizda uch xorij fuqarosini chuv tushirgan shaxs ushlandi

Jinoyat 25.02.2019, 12:24
Termizda uch xorij fuqarosini chuv tushirgan shaxs ushlandi

Surxondaryo viloyati Termiz tumanidagi Sharq mahallasida yashovchi Shodiboy Bolliev (ism-shariflar o`zgartirildi) Afg`oniston Islom Respublikasidan kelib, Termiz shahrida vaqtincha istiqomat qilayotgan uch kishining ishonchiga kiradi va ularni chuv tushiradi.

Bu haqda ichki ishlar idorasiga xabar qilgan afg`onistonlik fuqarolarning murojaatiga ko`ra, o`ttiz yoshga kirgan bu shaxs qo`shni davlat fuqarolarining yirik miqdordagi shakar mahsulotini qimmat narxda sotib berishni va`da qiladi. O`tgan yili iyun-oktyabr oylarida naqd 710 million so`mlik shakarni qo`lga kiritgan Shodiboy mahsulotni sotib, pulini o`z ehtiyoji uchun ishlatib yuboradi. Ishonib topshirgan mahsulotining pulini kutaverib, toqati-toq bo`lgan mehmonlar uning “shakar operasiyasi“ bilan bog`liq bu “sirini“ fosh etdi.

O`zA xabariga ko`ra, ushbu holat bo`yicha Shodiboy Bollievga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi, 4-qismi, “a“ bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1