1

Xronometraj tadbirlari olib borilmoqda

Jamiyat 25.02.2019, 12:44
Xronometraj  tadbirlari olib borilmoqda

Surxondaryo viloyat davlat soliq xizmati organlari tomonidan yanvar oyida tadbirkorlik sub`ektlarida o`tkazilgan 301 ta xronometraj ko`zdan kechirish tadbirlari davomida bir kunlik tushum o`tgan haftaning shu kungi tushumiga nisbatan 529 million 52 ming so`mga oshgan. Shuningdek, 265 nafar fuqaro norasmiy faoliyat olib borayotgani ma`lum bo`lgan. Bu haqda Davlat soliq qo`mitasi Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo`limi xabar bermoqda.

Tadbirkorlarni har tomonlama qo`llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan izchil islohotlarga qaramay, ayrim tadbirkorlarning naqd pulni yashirish, savdo tushumini kamaytirib ko`rsatish va norasmiy tarzda ishchi-xodimlarni yollab ishlatish kabi noqonuniy harakatlari xufyona iqtisodiyot rivojiga xizmat qilmoqda. Mazkur holatlarning oldini olish maqsadida davlat soliq xizmati organlari tomonidan muntazam ravishda profilaktik tadbirlar o`tkazib kelinmoqda. Zero, qoidabuzarlarga nisbatan doimiy nazoratni o`rnatish soliq xizmati xodimlari zimmasidagi asosiy vazifa hisoblanadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1