O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan tashkil etiladigan press-tur Xiva shahridagi “Ichan qal`a” davlat muzey-qo`riqxonasida joylashgan moddiy madaniy meros ob`ektlarining holatini o`rganish, ularni ommaga keng targ`ib qilishmaqsadida tashkil etilmoqda.
Xorazm zamini qadimiy va boy madaniyati, go`zal hamda betakror obidalari, noyob osori-atiqalari bilan dunyo ahlini hamisha lol qoldirib kelgan. Ayniqsa, ko`hna va navqiron Xiva istiqlol yillarida yanada ko`rkam qiyofa kasb etib, mahalliy hamda xorijiy sayyohlar qadami uzilmaydigan gavjum shaharga, yurtimizning chinakam turizm markazlaridan biriga aylandi.