1

Samarqandda o`z uyida fohishaxona ochgan shaxs qo`lga olindi

Jinoyat 26.02.2019, 11:05
Samarqandda o`z uyida fohishaxona ochgan shaxs qo`lga olindi

Samarqand shahrida o`z yashash uyida fohishaxona ochgan shaxs fosh etildi, deb xabar qildi viloyat hokimligi matbuot xizmati.

Samarqand viloyati IIBga Jomboy tumani Naymantepa mahalla fuqarolar yig`inida yashovchi R.R. ariza bilan murojaat qilib, Samarqand shahar Cho`ponota massivi 28-uyda yashovchi Shodiqul ismli shaxs, o`z yashash uyida pul evaziga fuqarolarga jinsiy aloqa qilish uchun sharoit yaratib berayotganligini ma`lum qilgan hamda qonuniy chora ko`rishlikni so`ragan.

Ushbu murojaat asosida bo`linma xodimlari tomonidan o`tkazilgan tadbir davomida fuqaro Sh.G`. o`z yashash uyida tadbirga jalb qilingan "R.R." va "X.M."larga jinsiy aloqa qilishlari uchun uyidan alohida xona ajratib berib, bu xizmati evaziga 20 ming so`m pul olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Fuqaro Sh.G`.ga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atilgan, ammo u tilxat orqali ochiqda qoldirilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1