1

Toshkent viloyatida qariyb 814 kg ruda toshlarini talon-taroj qilgan shaxslar qo`lga olindi

Jinoyat 26.02.2019, 13:05
Toshkent viloyatida qariyb 814 kg ruda toshlarini talon-taroj qilgan shaxslar qo`lga olindi

Toshkent viloyatida Olmaliq kon metallurgiya kombinatiga qarashli vaqtincha ish faoliyati to`xtatilgan "Qo`rg`oshin koni"dan ruda toshlari o`g`irlab ketilgan.

O`zbekiston IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining ma`lum qilishicha, shu yil 6 fevral kuni o`g`rilar Olmaliq kon metallurgiya kombinatiga qarashli vaqtincha ish faoliyati to`xtatilgan “Qo`rg`oshin koni”ga erkin yo`l bilan kirishgan va tarkibida qimmatbaho metall bo`lgan, og`irligi 813 kg.450 gr. ruda toshlarini 28 dona qoplarga solib, talon-taroj yo`li bilan non pishirish sexiga yashirib qo`yishgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, o`g`irlik sodir etgan shaxslar qo`lga olingan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1