1

FVV: Andijonda yuz bergan portlash bo`yicha maxsus komissiya tuzildi

Jamiyat 26.02.2019, 17:13
FVV: Andijonda yuz bergan portlash bo`yicha maxsus komissiya tuzildi

Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 26 fevral kuni taxminan soat 10:30da Andijon shahar tibbiyot birlashmasiga qarashli markaziy poliklinikasining isitish qozonxonasida qozon portladi. Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, ushbu holat isitish qozonining nosozligi tufayli yuzaga kelgan. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan maxsus komissiya tuzildi. Ma`lumot uchun, avariya natijasida voqea joyidan uncha uzoq bo`lmagan, flyuorografiya xonasida navbatdagi tibbiy ko`rikdan o`tayotgan Andijon shahridagi 4-sonli umumta`lim maktabining o`quvchilari jabrlangan.

Aniqlanishicha, 9-sinfning 18 nafar o`quvchilari va ularni kuzatib borgan 4 nafar o`qituvchilari jarohat olgan, ularning ahvoli qoniqarli. Shuningdek, o`rta darajadagi jarohatlangan ikki nafar o`quvchilarga tezkor yordam ko`rsatilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1