1

Adliya vazirligi 10 million dollarlik dasturni amalga oshirmoqda

Jamiyat 27.02.2019, 10:07
Adliya vazirligi 10 million dollarlik dasturni amalga oshirmoqda

Adliya vazirligi va USAIDsud-huquq islohoti bo`yicha 10 million dollarlik qo`shma dasturni amalga oshirmoqda

Dasturning asosiy maqsadi – qonun ustuvorligini ta`minlashni qo`llab-quvvatlash, yuristlar va sud-huquqi tizimi xodimlarining malakasini oshirish, fuqarolik jamiyati va NNT uchun qulay huquqiy muhitni shakllantirishdir.

Bu Toshkentda AQShning xalqaro rivojlanish bo`yicha agentligi (USAID)ning O`zbekistondagi sud-huquq islohotiga doir dasturi taqdimotiga bag`ishlab o`tkazilgan tadbirda qayd etildi.

Tadbirda adliya vaziri R.Davletov, USAID va boshqa xalqaro tashkilotlar, fuqarolik jamiyati institutlari vakillari ishtirok etdi.

Ma`lumot uchun: USAIDning O`zbekistonda sud-huquq islohoti bo`yicha dasturi (JRUP)ning amalga oshirilishi umumiy miqdori 10 million AQSh dollaridan ortiq mablag`ni tashkil etadi. Dastur 3 yillik muddatni o`z ichiga qamrab olgan bo`lib, mamlakatimiz hukumatining qonun ustuvorligini ta`minlash,qonunchilik va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish hamda respublikada fuqarolik jamiyatini rivojlantirish kabi sa`y-harakatlarini qo`llab-quvvatlashga yo`naltirilgan.

Harakatlar strategiyasiga muvofiq, O`zbekistonda keng ko`lamli ijtimoiy-iqtisodiy, sud-huquq islohotlari amalga oshirilmoqda.

USAIDning O`zbekistondagi sud-huquq islohotiga doir dasturining amalga oshirilishi o`tgan yilning 8 iyunida O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va USAID o`rtasida imzolangan Qonun ustuvorligini mustahkamlashni qo`llab-quvvatlash bo`yicha o`zaro anglashuv memorandumida ko`zda tutilgan. Bu davlatimiz rahbarining AQShga amalga oshirgan davlat tashrifi doirasida adliya vazirining Vashington shahrida imzolagan kelishuvlarining mantiqiy davomi bo`ldi.

USAIDning O`zbekistonda sud-huquq islohotiga doir dasturi Adliya vazirligihamda turli davlat organlari va tashkilotlari, fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.

Mazkur dastur 2017-2021 yillarda Mamlakatimizni rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha harakatlar strategiyasida belgilangan asosiy maqsadlarga erishishga yangicha turtki bo`ladi. Xususan, yuristlar malakasini oshirish bo`yicha yangi imkoniyatlar yaratiladi, qo`shma tadqiqotlar o`tkazish, kutubxonalar, onlayn-ta`lim va tadqiqot resurslari imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida AQSh universitetlari bilan sheriklik munosabatlari o`rnatiladi.

Shuningdek, fuqarolar va jamoatchilik ishtirokidagi nazorat mexanizmlarini ishlab chiqish modellarini yaratish va amaliy tadqiqotlar o`tkazish, axborot bilan ta`minlash va huquqiy islohotlarni monitoring qilish uchun fuqarolik jamiyatining imkoniyatlarini rivojlantirish masalalari ham rejalashtirilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1