1

Davlat uy-joy fondidagi turar joylarni ijaraga berish tartibi tasdiqlandi

Jamiyat 27.02.2019, 10:10
Davlat uy-joy fondidagi turar joylarni ijaraga berish tartibi tasdiqlandi

Hukumat qarori bilan Davlat uy-joy fondidagi turar joylarni ijaraga berish tartibi to`g`risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqida "Huquqiy axborot" kanali ma`lum qildi.

Nizomga muvofiq, turar joyni ijaraga olish shartnomasi besh yildan ortiq bo`lmagan muddatga tuziladi.

Turar joyni ajratish haqidagi qaror va ajratilayotgan joyga ko`chib kirishga asos bo`lgan order asosida o`n kunda ijara shartnomasi tuziladi.

Davlat uy-joyidan foydalanganlik uchun ijara haqi turar joy maydonidan kelib chiqib, turar joyning 1 kv.m. uchun Toshkent shahrida bir yilga eng kam oylik ish haqining 2 foizi, boshqa viloyatlarda 1 foizi miqdorida belgilanadi.

Ijara haqini to`lash muddati shartnomada ko`rsatilmagan bo`lsa, u har oyda to`lanadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1