1

Qo`qon garnizonida yoshlar uchun ekskursiya tashkil etildi

Jamiyat 27.02.2019, 13:18
Qo`qon garnizonida yoshlar uchun ekskursiya tashkil etildi

Farg`ona viloyati Bog`dod, Uchko`prik, O`zbekiston hamda Beshariq tumanidagi maktab va kollej o`quvchilari uchun Qo`qon shahridagi harbiy qismda ekskursiyasi tashkil etildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati ma`lum qildi.

Tadbir davomida 600 nafardan ziyod yoshlar uchun harbiylar tomonidan qo`l jangi chiqishlari, qurol-aslaha va harbiy alpinizm tog` aslahalari ko`rgazmasio`tkazildi. Shuningdek, ba`zi davlatlarda yuzaga kelayotgan notinchliklar sahna ko`rinishi orqali ifoda etildi.

Bundan tashqari, yigit-qizlar ekstremal sharoitlarda yashovchanlikni oshirish, havo desant hamda tog` tayyorgarligi shaharchasida bo`lishib, o`zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.

Sport shaharchasida esa o`quvchilar bilan askarlar o`rtasida minifutbol, turnik tortilish va boshqa sport turlari bo`yicha musobaqa bo`lib o`tdi.

Tadbir so`nggida musobaqa g`oliblariga faxriy yorliq va esdalik sovg`alari topshirildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1