1

Koreyada O`zbekistonga sayohat qilishga bag`ishlangan kitob chop etildi

Jamiyat 27.02.2019, 14:32
Koreyada O`zbekistonga sayohat qilishga bag`ishlangan kitob chop etildi

Kitob muallifi yozuvchi Chve Hi Yong Koreyaning O`zbekiston haqidagi "UzKor Economy" jurnali muxbiridir. U 2018 yil davomida O`zbekistonga 6 marotaba sayohat qilgan.

Sayohatlari davomida uning O`zbekistonga bo`lgan qiziqishi va muhabbati ortib bordi. Shu sababli Koreya kitobxon ommasiga O`zbekistonni keng yoritish maqsadida ushbu kitobni yozdi.

Kitobning prolog qismida O`zbekistonda 2018 yilning fevral oyida joriy qilingan vizasiz tashrif tizimi kabi turizm sohasida yuz bergan eng so`nggi yangilik va o`zgarishlar bilan tanishasiz.

Birinchi bob Toshkent, Xiva, Buxoro, Samarqand, Jizzax, Shahrisabz, Farg`ona, Termiz kabi O`zbekistonning asosiy tarixiy turistik shaharlaridagi e`tiborga sazovor joylar bilan tanishishga bag`ishlangan.

Kitobning ikkinchi bobida Prezident Shavkat Mirziyoevning Janubiy Koreyaga bo`lgan rasmiy davlat tashrifidan keyingi ikki mamlakat tadbirkor doiralarining sayohatlari haqida batafsil hikoya qilinadi.

"Chve Hi Yong mazkur kitobi orqali Koreyadagi barcha odamlar qardosh mamlakat bo`lib qolgan O`zbekistonni yanada yaxshiroq bilishlarini xohlayman. Yanada ko`proq koreyalik turistlar O`zbekistonga sayohatga borishlari uchun uning turistik salohiyatini namoyon qilish maqsadida ushbu kitobni yozdim", deydi muallif.

Kitob 10 ming adadda nashr etilgan bo`lib, 464 betdan iborat.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1