1

Akmal Nur "Fidokorona xizmatlari uchun" ordeni bilan taqdirlandi

Jamiyat 27.02.2019, 14:44
Akmal Nur "Fidokorona xizmatlari uchun" ordeni bilan taqdirlandi

Atoqli rassom, O`zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nuridinov O`zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni bilan "Fidokorona xizmatlari uchun" ordeni bilan taqdirlandi. Bu hafda O`zA xabar berdi.

Ma`lumki, "Fidokorona xizmatlari uchun" ordeni bilan mamlakatning iqtisodiy va madaniy yuksalishiga, mudofaa qudratini kuchaytirish va milliy xavfsizligini ta`minlashga, jamiyatda tinchlik va barqarorlikni, millatlararo hamjihatlikni mustahkamlashga, xalq farovonligini oshirishga katta hissa qo`shgan, o`zining iste`dodi, bilim va tajribasini Vatanimiz ravnaqiga baxsh etib, fidoyilik namunasini ko`rsatib kelayotgan fuqarolar va harbiy xizmatchilar mukofotlanadi.

Akmal Nur (Akmal Nuridinov) 1959 yil Namanganda tavallud topgan. 1978 yili Pavel Benkov nomidagi Respublika rassomlik bilim yurtini, 1984 yili Toshkent teatr va rassomlik institutini tamomlagan.

Atoqli rassom 1990 yildan buyon O`zbekiston badiiy akademiyasi a`zosi.

1997 yili u O`zbekiston Badiiy akademiyasi eng yosh akademigi sifatida e`tirof etilgan. 2003 yili "O`zbekiston xalq rassomi" unvoni bilan taqdirlangan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1