AsosiyShou-biznes

Primadonna Alla Pugachyovaning sog`lig`i qonikarlimi?

'Primadonna Alla Pugachyovaning sog`lig`i qonikarlimi? 'ning rasmi

Rossiya OAV tomonidan Rossiya estradasining qirolichasi Alla Pugachyovaning salomatligiyaxshi emasligi haqida xabarlar tarqaldi. Tinib-tinchimas muxlislar sevimli xonandasining so`nggi paytlardagi g`amgin ko`rinishidan xavotirga tushgan. Ma`lum qilinishicha, xonanda bug`imlar va suyaklariningog`rig`idan aziyat chekmoqda.

Shifokorlar musiqa qirolichasiga bu yoshidasalomatlik uchun zararli bo`lgan odatlar - chekish va alkogol ichimliklar iste`molini to`xtatish kerakligini aytgan. Mutaxasislar agar xonanda sog`lig`iga jiddiy e`tibor bermasa, kelgusida uni jarrohlik amaliyotini boshidan o`tkazish xavf solishini hamqayd etgan.

Ma`lum bir muddat shifokorlar nazoratida bo`ladigan xonanda avvallari hech qachon kimningdir yo`riqnomasiga amal qilmagan, lekin o`g`li va ikkichi qizining tug`ilganidan keyin shifokorlarning maslahatlariga rioya qilmoqda.

    Boshqa yangiliklar