1

O`zbekistonda isish jarayoni ikki barobar tezlik bilan yuz bermoqda

Jamiyat 27.02.2019, 19:34
O`zbekistonda isish jarayoni ikki barobar tezlik bilan yuz bermoqda

Toshkentda "O`zbekiston Respublikasining Iqlim o`zgarishi to`g`risidagi To`rtinchi Milliy Axborotnomasini tayyorlash" loyihasiga bag`ishlangan tadbir o`tkazildi, deb yozadi O`zA.

– Iqlim o`zgarishining asosiy sababi – atmosferada issiqxona gazlari konsentrasiyasining ortishidir, - deydi "O`zgidromet" mutaxassisi R. Taryannikov. – Bunga metan, uglevodorod, azot kabilarning havoga ko`p midorda ko`tarilishini aytish mumkin. Sanoatning ayniqsa, qazilma yoqilg`i-ko`mir, neft, benzin ishlatish va qazib olish jarayoni ortishi iqlim o`zgarishida asosiy faktor hisoblanmoqda.

Agarda bu yilgi qishning nega issiq kelganiga qiziqadigan bo`lsak, buning sababi ham iqlimdagi o`zgarishlar hisoblanar ekan. Iqlim o`zgarishlari borasidagi kuzatuvlar 1876 yilda boshlangan bo`lsa, o`tgan yillar davomida Toshkentda o`rtacha harorat ortib bormoqda.

Boshqa davlatlarga nisbatan O`zbekistonda bu jarayon ikki barobar tezlik bilan yuz berayotgan ekan. Buning sababini mutaxassislar shunday izohladi.

– Sababi O`zbekiston qirg`oqchilik hududida joylashgan, – deydi "O`zgidromet" bosh direktori birinchi o`rinbosari B.Nishonov. – Dengiz va okeanlar bizdan ancha olisda joylashgan. Agarda suv yaqinroq bo`lsa, gazlarning salbiy oqibatlari nisbatan kamaygan bo`lardi.

Misol uchun, Yaponiyada bu boradagi o`rganishlarda okeanlar 30 foiz issiqxona gazlarini o`ziga singdirishi aniqlangan.

Yig`ilishda iqlim isishi ekotizimlar holatiga salbiy ta`sir ko`rsatishi, Qoraqalpog`iston, Surxondaryo, Buxoro va Xorazm viloyati kabi mintaqalarda ekologik vaziyatning keskinlashuviga, yil mobaynida jazirama davr davomiyligining ortishi va kuchayishi natijasida aholi o`rtasida kasalliklarning ko`payishi, shuningdek, boshqa xavfli tabiat hodisalari – sellar, toshqinlarning tez-tez takrorlanishi, yuqori tog`lardagi ko`llarning o`pirilishiga olib kelishi mumkinligi qayd etildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1