1

Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi etakchi xalqaro reyting agentligi bilan bitim imzoladi

Jamiyat 27.02.2019, 19:48
Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi etakchi xalqaro reyting agentligi bilan bitim imzoladi

Bugun, 27 fevral kuni «Ilm-fan – 2020» milliy rivojlanish dasturi doirasida Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi Times Higher Education xalqaro reyting agentligi va Elsevier kompaniyasi bilan uch yilga mo`ljallangan hamkorlik bitimini imzoladi.

Imzolangan Bitimga ko`ra Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi Times Higher Education xalqaro reyting agentligi bilan yurtimizdagi oliy ta`lim muassasalarining jahon ilm-fani olamidagi mavqeini mustahkamlash, ta`lim bozorida raqobatbardoshligini oshirish, qolaversa, dunyoning etakchi ilmiy-ta`lim markazlari, nufuzli universitetlarning xalqaro reytingiga mahalliy universitetlarni kiritish yo`lida birgalikda harakat qiladi.

Kelishuv doirasida vazirlik respublikadagi eng yaxshi universitetlar rektorlari va proektorlaridan iborat Times Higher Education ekspertlari bilan birgalikda ishlaydigan ishchi guruhni shakllantiradi.

Mazkur ishchi guruh a`zolari noyob ma`lumotlar va tahlillardan foydalanish imkoniga ega bo`ladilar hamda rivojlanishning ustuvor vazifalari va institusional strategiyasini ishlab chiqishda Times Higher Educationning doimiy ko`magidan foydalanishadi.

Ushbu bitim xorijiy ilmiy-ta`lim markazlari bilan yanada faolroq hamkorlik qilish imkonini beradi.

Shuningdek, bir paytning o`zida vazirlik jahonga mashhur Elsevier nashriyot uyi bilan SciVal axborot-tahliliy portali ma`lumotlaridan foydalanish bo`yicha Bitim imzoladi.

Mazkur kelishuv respublika oliy ta`lim muassasalariga nufuzli xalqaro ilmiy axborotlar manbasidan foydalanish, ilmiy tadqiqotlar sohasida samaradorlikni oshirish, pirovarda universitetlarning xalqaro global reytingiga kirish imkonini beradi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1