1

Toshkentda dori vositalarining noqonuniy savdosiga chek qo`yildi

Jamiyat 27.02.2019, 20:28
Toshkentda dori vositalarining noqonuniy savdosiga chek qo`yildi

Toshkent shahar davlat soliq xizmati organlari tomonidan fuqarolar murojaati asosida o`tkazilayotgan profilaktik tadbirlar jarayonida istemolchilarning haqli e`tirozlariga sabab bo`layotgan va hech qanday sifat sertifikatiga ega bo`lmagan dori vositalarining noqonuniy savdosiga chek qo`yilmoqda.

Jumladan, poytaxtimizning Yashnobod tumani, Sodiq Azimov ko`chasi, 65-uyda joylashgan dorixonada o`tkazilgan profilaktik tadbirda 9 dona umumiy baxosi 594 ming so`mlik, xalqimiz orasida “insulin” nomi bilan ataluvchi dori vositasi noqonuniy ravishda savdoga qo`yilganligi aniqlandi. Shuningdek, tadbir davomida kunlik savdodan tushgan 889 ming 500 so`m naqd pul nazorat kassa mashinasi xotirasiga kiritilmaganligi ma`lum bo`ldi.

Yashnobod tumani, Farg`ona yo`li ko`chasi, 97 uyda joylashgan yana bir dorixonada umumiy bahosi 11 million 704 ming so`mlik “insulin” va boshqa turdagi dori vositalari qonunga xilof ravishda savdoga qo`yilganligi aniqlandi.

Tadbirkor deganda aholi turmush farovonligiga, mamalakat iqtisodiy taraqqiyotiga hissa qo`shadigan vatanparvar insonlar ko`z oldimizda gavdalanadi. Afsuski, o`z nafsi yo`lida daromad ortidan quvayotgan bunday insonlarni tadbirkor deyishga ham til bormaydi. Bu kabi sa`yi harakatlari bilan na davlatga va na jamiyatga foyda keltiradi.

Shayxontohur tumanida o`tkazilgan profilaktik tadbirlar davomida Gulobod mavzesi, 54-uy, 2-xonadonda joylashgan dorixonada iste`molchilar dardiga darmon emas aksincha, zarar etkazishi mumkin bo`lgan 50 turdagi umumiy bahosi 8 million 273 ming so`mlik, shuningdek, yaroqlilik muddati o`tib ketgan 33 dona umumiy bahosi 26 400 so`mlik dori vositalari noqonuniy ravishda savdoga qo`yilgan. Bundan tashqari, tadbir davomida kunlik savdodan tushgan 246 ming 500 so`m naqd pullar nazorat kassa mashinasi xotirasiga kiritilmaganligi aniqlandi.

Ushbu hududdagi Asadulla Hadjaev ko`chasi 40B-uyda joylashgan dorixonada o`tkazilgan profilaktik tadbirda savdodan tushgan 377 ming so`m naqd pul nazorat kassa mashinasi xotirasiga kirim qilinmaganligi ma`lum bo`ldi.

Tadbir davomida dorixona ko`zdan kechirilganida jami 23 turdagi umumiy bahosi 2 million 815 ming so`mlik dori vositalarining noqonuniy ravishda savdoga qo`yilganligi aniqlanib, qonuniy chora ko`rish uchun tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1