1

«O`zbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovasion loyihasi» II Respublika tanlovi g`oliblari aniqlandi

Jamiyat 27.02.2019, 20:45
«O`zbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovasion loyihasi» II Respublika tanlovi g`oliblari aniqlandi

26 fevral kuni Toshkent shahridagi INXA universitetida “O`zbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovasion loyihasi”II Respublika tanlovi g`olibalarini tantanali taqdirlash marosimi bo`lib o`tdi.

Tanlovning birinchi bosqichida 4000dan ziyod iqtisodiyot tarmoqlariga foydasi tegadigan texnik loyihalar, rasionalizatorlik takliflari, innovasion ishlanmalar, ixtirolar taqdim etildi.

«O`zbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovasion loyihasi» yakuniy bosqichida, mamlakatimizning barcha hududlaridan tavsiya etilgan 300 dan ziyod ishtirokchilarning hujjatlari va innovasion loyihalari Respublika Ekspertlar Kengashi tomonidan ko`rib chiqildi hamda ularning taqdimotlari eshitilib, keng muhokama qilindi.

Loyihalar ichidan 100 ta eng munosib loyihalar va ularning mualliflari-tanlovning g`olibalari sifatida tanlab olindi.

Tanlovning respublika bosqichi g`olibalarini taqdirlash marosimida turli nominasiyalar bo`yicha sovrindorlar O`zbekiston Xotin-qizlar Qo`mitasining diplom hamda esdalik sovg`alari bilan tantanali ravishda taqdirlandi.

Tanlovdan so`ng g`oliblikni qo`lga kiritgan 100 ta innovasion loyiha mualliflari bilan loyihalarni amaliyotga joriy etish bo`yicha maqsadli ishlar amalga oshiriladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1