1

Sergelida ta`mirlanayotgan ishlab chiqarish binosida yong`in chiqdi

Jamiyat 28.02.2019, 09:05
Sergelida ta`mirlanayotgan ishlab chiqarish binosida yong`in chiqdi

Joriy yilning 26 fevral kuni soat 17:45 da Toshkent shahar IIBB YoXB Kuch va vositalarni boshqarish va muvofiqlashtirish markaziga Toshkent shahar Sergeli tumani Xonobod ko`chasida joylashgan “Grand Roud Tashkent” QK MChJga qarashli kapital ta`mirlanayotgan “Asfalt va temir-beton mahsulotlari”ni ishlab chiqarish binosida yong`in sodir bo`layotganligi to`g`risida xabar kelib tushgan.

Xabar asosida zudlikda ko`rsatilgan manzilga soat 17:46 daqiqa o`tganda jami 6 ta asosiy yong`in o`chirish ekipaji va 1 ta avtonarvon jalb etilgan. Bo`linmalar soat 17:54 da voqea joyiga etib kelib, yong`in soat 18.34 da qurshab olingan va soat 18:41 da to`liq bartaraf etilgan.

Ko`rilgan tezkor harakatlar natijasida yong`in keng maydonga tarqalib ketishi oldi olingan. Halok bo`lgan va tan jarohati olganlar yo`q.

Yong`in oqibatida, “Asfalt va temir-beton mahsulotlari”ni ishlab chiqarish binosining 600 kv.m. maydonda tom qismi yonib zararlangan. Yong`indan bino tomining 1740 kv.m. maydoni saqlanib qolingan. Yong`inning taxminiy sababi, elektr payvandlash ishlarini olib borishda yong`in xavfsizligi talablarining buzilishi. Moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1