1

Tovarlarni sertifikatlashda idoralararo hamkorlik masalalari muhokama qilindi

Jamiyat 27.02.2019, 21:58
Tovarlarni sertifikatlashda idoralararo hamkorlik masalalari muhokama qilindi

Davlat bojxona qo`mitasida sertifikat beruvchi idoralar bilan bojxona organlarining o`zaro hamkorligini yanada takomillashtirish masalalariga bag`ishlangan davra suhbati bo`lib o`tdi.

Davlat bojxona qo`mitasining Bojxona instituti tashabbusi bilan tashkil qilingan tadbirda Sog`liqni saqlash vazirligi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo`mitasi, Davlat veterinariya qo`mitasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O`simliklar karantini davlat inspeksiyasi, “O`zstandart” agentligi mutaxassislari Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va Toshkent kimyo-texnologiya intstituti profeesor-o`qituvchilari va ilmiy tadqiqot institutlarining ilmiy xodimlari, Davlat bojxona qo`mitasining sohaviy boshqarmalari vakillari ishtirok qilishdi.

Ta`kidlash joizki, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 5 fevraldagi “Jahon banki va Xalqaro moliya korporasiyasining «Biznes yuritish» yillik hisobotida O`zbekiston Respublikasining reytingini yaxshilashga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi qarorida mahsulotlarni sertifikatlash tartibini takomillashtirish maqsadida barcha turdagi sertifikatlarni bir vaqtda berish mexanizmini tashkil etish, sinov o`tkazish muddatlarini qisqartirish, sinovlarni o`tkazish imkoni bo`lmaganda tovarlarniidentifikasiyalash asosida sinovlarsiz sertifikat berish tartibini joriy etish masalalari nazarda tutilgan.

Bu maqsadga erishishda esa avvalo tovarlarni sertifikatlash jarayonlarida ishtirok qiluvchi davlat nazorat organlarining o`zaro hamkorligi muhim o`rin tutadi. Davra suhbatida ham asosiy e`tibor davlat bojxona xizmati organlari va sertifikat beruvchi idoralar bilan hamkorlikni yanada takomillashtirish va soha mutaxassislari bilan tajriba almashish, tovarlarni sertifikatlash va bojxona tizimiga ilg`or innovasion g`oyalarni joriy etish orqali tadbirkorlarga qulay sharoitlar yaratish masalalariga qaratildi.

Tadbirda veterinariya nazorati ostidagi yuklarni tashish, eksport-import jarayonida o`simliklar karantini, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya tizimlari rivojiga qaratilgan chora-tadbirlar, sanitariya-epidemilolgoik xulosa va ekologiya sertifikatini rasmiylashtirish tartiblari atroflicha muhokama qilindi.

Tadbir yakunida idoralararo hamkorlikni rivojlantirshidagi ahamiyatini inobatga olib bu kabi davra suhbatlarni tizimli ravishda tashkil qilishga kelishib olindi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1