1

Davlat bojxona qo`mitasida Turkiya elchisi bilan uchrashuv bo`lib o`tdi

Jamiyat 27.02.2019, 22:48
Davlat bojxona qo`mitasida Turkiya elchisi bilan uchrashuv bo`lib o`tdi

Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tomonidan tashqi siyosat borasida xorijiy davlatlar bilan konstruktiv va o`zaro manfaatga asoslangan jadal islohotlar amalga oshirilmoqda. O`zaro hamkorlikning yangi bosqichi O`zbekiston-Turkiya aloqalarida ham o`zining yaqqol ifodasini topmoqda.

2019 yil 27 fevral kuni Davlat bojxona qo`mitasida Turkiya Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Mehmet Sureyya Er bilan bo`lib o`tgan uchrashuvda ham ayni shu jihatlar e`tirof qilindi.

Davlat bojxona qo`mitasi Raisi M.Azimov ikkala davlat bojxona xizmatlari o`rtasida ikki tomonlama o`zaro hurmat va manfaatli hamkorlikka asoslangan munosabatlar jadal sur`atlar bilan rivojlanayotganligini ta`kidladi.

So`ngi yillardagi O`zbekiston va Turkiya o`rtasida o`zaro tovar aylanmasi va mamlakatlarimiz fuqarolari harakatlanishining ortishi mazkur jabhadagi ijobiy o`zgarishlarning yaqqol dalilidir.

Suhbat davomida mehmonlarga so`nggi ikki yil davomida bojxona sohasida amalga oshirilgan ulkan islohotlar va tub o`zgarishlar haqida ham ma`lumotlar berildi.

Shuningdek, O`zbekiston va Turkiya bojxona xizmatlarining o`zaro hamkorligiga doir muhim masalalar ham muhokama qilindi.

O`zbekiston va Turkiya bojxona xizmatlari o`rtasida o`zaro hamkorlik aloqalari 1997 yil 18 noyabrda Anqara shahrida imzolangan “Bojxona sohasida hamkorlik va o`zaro yordam ko`rsatish to`g`risida”gi Bitimga asoslanadi.

Mazkur bitimga asosan hozirda ikkala mamlakat bojxona idoralari o`zaro so`rovnomalar yuborish orqali bojxona huquqbuzarliklarini tadbiq qilish va ularni aniqlash imkoniga ega bo`lmoqdalar.

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo`g`onning 2018 yil aprel oyida respublikamizga tashrifi doirasida O`zbekiston va Turkiya bojxona xizmatlari o`rtasida Bojxona kengashi tashkil qilish to`g`risida Bayonnomaning imzolanishi esa ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirishda dolzarb ahamiyat kasb qilmoqda.

Uchrashuvda asosiy e`tibor Davlat bojxona qo`mitasi tashabbusi bilan ishlab chiqilgan O`zbekiston va Turkiya o`rtasida tashqi savdo sohasida statistik ma`lumotlar almashish bo`yicha bitimni qisqa muddatlarda imzolash masalalariga qaratildi.

Uchrashuv ochiq va konstruktiv ruhda bo`lib o`tdi.

Tadbir yakunida elchi janoblari Davlat bojxona qo`mitasidagi Bojxona tarixi muzeyi bilan yaqindan tanishdi va Faxriy mehmonlar kitobiga o`z taassurotlarini yozib qoldirdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1