1

​Xitoyda tahqirlangan ayol va uning oilasiga yordam ko`rsatilmoqda

Jamiyat 28.02.2019, 09:15
​Xitoyda tahqirlangan ayol va uning oilasiga yordam ko`rsatilmoqda

Fevral oyining boshida ijtimoiy tarmoqlarda Xitoy xalq respublikasi fuqarosiga turmushga chiqqan hamda yashash uchun ushbu davlatga ko`chib ketgan qizning faryodi aks etgan video paydo bo`ldi. Unda turmush o`rtog`i tomonidan tahqirlanayotgan o`zbek qizi unga yordam berishlarini so`rab murojaat qilgan.

Mazkur holatda xabar topgan O`zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qo`mitasi darhol holatni o`rgana boshlagan.

Ma`lum bo`lishicha, qiz asli Namangan viloyati To`raqo`rg`on tumanidan bo`lib, Qiz O`zbekistondan qiz topib berish bilan shug`ullangan Nargiza ismli qiz vositachiligida Xitoy fuqarosi bilan tanishib qolgan. Keyinchalik uni yoqtirib, o`z hohish-istagi bilan turmushga chiqishga qaror qilgan. Sentyabr oyida u xitoylik inson bilan O`zbekistonda qonuniy nikohdan o`tgan. Dastlab yaxshi hayot kechirganini aytgan Saida, keyinchalik turmush o`rtog`ining muqaddam ham o`zbek qiziga uylanganidan xabar topgan. Xitoyga ko`chib ketgach esa u erda ham uning ayoli borligini bilib qolgan. Saidaning aytishicha, yigitning onasi uni o`zbek qiziga uylanishini istagani uchun u O`zbekistondan uylanishga qaror qilgan. Keyinchalik u erga ko`chib ketganida u aslida yigitning Xitoyda oilasi borligini ya`ni, noqonuniy nikohi borligini bilib qolgan. Ushbu haqiqattan xabar topgan Saida O`zbekistonga qaytish istagini va bu turmushida yashash niyati yo`qligini bildirgan. Biroq yigit onasining istagiga qarshi chiqmaslik uchun uni qo`yib yuborishni istamagan hamda unga turli yo`llar bilan ta`zyiq o`tkaza boshlagan.
Hodisadan xabar topgan Xotin-qizlar qo`mitasi Tashqi ishlar vazirligi va O`zbekistonning Xitoydagi elchixonasi ko`magida qizni Vataniga qaytarishga erishdi.

Hozirda qiz uyida, u bilan Qo`mita tomonidan biriktirilgan psixologlar ishlamoqda. Qiz kollejini tugatib, diplomini ololmagani sababli unga kollejni tugatganligi to`g`risidagi diplomini olish, kasb-hunarga o`qitish, doimiy ish joy bilan ta`minlash bo`yicha amaliy ko`mak beriladi.

Qo`mita qiz va uning oilasini o`z nazoratiga olgan. Qizning onasining yuragi xasta bo`lgani sabab hech qaerda ishlamaydi, Qo`mita uning onasini ham salomatligini tiklash maqsadida order olishga ko`maklashdi, 5 yoshar ukasini bog`chaga joylashtirish choralari ko`rilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1