1

​Yaponiyalik professor qadimiy o`zbek qog`ozini birgalikda tadqiq etishni taklif qildi

Jamiyat 28.02.2019, 09:23
​Yaponiyalik professor qadimiy o`zbek qog`ozini birgalikda tadqiq etishni taklif qildi

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik dizayn institutiga Yaponiyaning Aichi san`at universiteti professori, taniqli yapon san`atshunosi Kodji Shibadzaki boshchiligidagi bir guruh delegasiya tashrif buyurdi.

Tashrifdan ko`zlangan asosiy maqsad – qadimiy o`zbek qog`ozi tarixi va ishlab chiqarish texnologiyasi bilan bog`liq tadqiqotni amalga oshirish, qadimgi o`zbek qog`ozi bilan jahon xamjamiyatini tanishtirish loyihasini birgalikda amalga oshirish masalalarini muhokama qilishdir.

Professor Kodji Shibadzaki O`zbekistonda saqlanayotgan qadimiy qog`ozlarning tarkibini Yaponiyaning eng zamonaviy elektron mikroskoplarida va boshqa ilmiy texnologik asboblar yordamida tahlil qilish, tarkibini o`rganish, uning xitoy qadimiy qog`ozlaridan farqli xususiyatlari va tayyorlash texnologiyalarini tadqiq etish loyihasini taklif etmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1